Abror Ahmedov - PotterUz.widezone.Net veb-sahifasi boshqaruvchisi

abror.ahmedov.2000@mail.ru

Yagona. Yuksak. Birinchi. Haqiqiy O'zbek Pottermanlari uchun

download.png

J.K. Rouling hayoti va ijodi

Pottermore.com

Pottermore.com

 Joanna “Jo” Rouling Angliyaning Glousestershayr viloyati Yate tumanida 1965-yil 31-iyulda tavallud topgan. Britaniyalik adiba o’zining Garri Potter fantastik romanlar turkumi bilan mashhur. Mazkur roman bugungi kunda ham butun dunyoning diqqat nazarida bo’lib, shu kungacha ko’plab mukofotlar yutgan hamda kitoblarning 400 milliondan oshiq nusxalari sotilgan. Insoniyatning shu kungacha yaratgan asarlari orasida faqat shu to’plam “eng ko’p sotilgan kitob” sharafi bilan tarix zarvaraqlariga muhrlangan, ular asosida ishlangan filmlar esa kino san’ati rivojlanganidan buyon “eng talabgir filmlar” nomini qo’lga kiritishi adibaning shon-shuhrati va muhlislarining cheksiz ekanligidan dalolat beradi. Rouling yaratuvchanlik ila bitgan asarlari uchun to’liq mualliflik huquqini, shuningdek, romanlari asosidagi filmlari prodyuserligiga o’zgacha yondashuvi uchun ulardan tushadigan daromadlarni ham qo’lga kiritgan.

1990-yilda Garri Potter turkumidagi asarlarni yaratish g’oyasi kelib qolganida Rouling Manchester – London yo’nalishidagi poyezd kechikkanligi sabab uni intizorlik bilan kutayotgan edi. U o’sha kezlari Xalqaro Amnestiya jamiyatida ilmiy ish ustida ishlayotgan, bir vaqtning o’zida, ikki tilda ish yurituvchi kotiba sifatida faoliyat yuritayotgan edi. Keyingi yeti yil ichida adibaning boshiga tushgan ko’rgiliklar, jumladan, onasining vafoti, turmush o’rtog’i bilan ajrashuvi va moliyaviy tanqislik ulardan so’ng amalga oshgan ajoyib yangilik: “Garri Potter va afsungarlar toshi” romanining 1997-yilda yozib bitilishi bilan nohoyasiga yetdi. Aynan shu asar o’zidan keyingi oltita asarning, shulardan, so’ngi asar – “Garri Potter va ajal tuhfasi” yaratilishi uchun zamin bo’lgan. Shundan so’ng Rouling kattalar uchun mo’ljallangan yana uchta kitobni yozib, kitobxonlarga taqdim etdi, ular: 2012-yilda yozilgan “Vaqtinchalik lavozim”, va yana, Robert Gelbreyz taxallusi ostida 2013-2014 – yillarda yaratilgan detektiv romanlar –“Kakkuqush qichqirig’i” hamda “Ipak qurti”.
Roulingning hayot yo’li “harobadan chiqqan millioner” kabi gullab yashnay ketdi, buni uning dastlab oylik maoshiga kun kechirib, keyinchalik esa multi-millioner darajasiga erishishi bilan izohlash mumkin. U - Birlashgan Qirollikda yashab, ijod qilib kelayotgan va 375 million dollar boylikka ega yagona yozuvchi. Ammo 2008-yili Sandey Tayms Eng Boylar Ro’yxatida e’lon qilinishicha, Rouling 882 million dollar mablag’i bilan Britaniyaning o’n ikkinchi eng boy ayoli bo’lgan. Forbes jurnali uni 2007-yilda yer yuzidagi eng mashhur 48 ta insoni ro’yxatiga kiritgan va Tayms jurnali adibani “2007-yil Ayoli” deya e’lon qilgan, mazkur jurnal uning o’z muhlislariga ijtimoiy, tarbiyaviy hamda siyosiy ruhlantirish ulasha olganligi tufayli yuqorida ta’kidlangan sharafni bergan. 2010-yilning oktabrida eng oldi gazeta va jurnal bosh muharrirlari uni “Britaniyaning eng nufuzli ayoli” deya tan olgan. Bularning barchasiga yozuvchining nafaqat betakror asarlari balki, uning bir qancha xayriya jamg’armalariga, asosan, “Komik yordam”, “Yolg’iz ota, ona”, “Britaniyaning Skleroz kasalligiga qarshi jamiyati” va “Lumos”(bolalar fondi), shuningdek, bir qancha siyosiy partiyalar – Ishchilar partiyasi va Birdamlik partiyasiga ko’rsatgan amaliy yordamlari asosiy sabablardan bo’lgan.
 
(Ma’lumot Wikipedia.com – ochiq ensiklopediyasidan olindi.
© Ingliz tilidan Jo’raali SOLIJONOV tarjimasi - 2015)
Toshkent-2015 © Designed by "Screen"
Barcha huquqlar himoyalangan
Name
Email
Comment
Or visit this link or this one