Abror Ahmedov - PotterUz.widezone.Net veb-sahifasi boshqaruvchisi

abror.ahmedov.2000@mail.ru

Yagona. Yuksak. Birinchi. Haqiqiy O'zbek Pottermanlari uchun

download.png
New-Harry-Potter-001.jpg
Hurmatli foydalanuvchi!
 
Ushbu loyihani ishga tushurishimiz sababchisi, bilasizki, mashur va ma'lum sehrgar bolakay Garri Potterdir. Bu sayt o'z ichiga Joanna Roulingning sehrli olamining barcha jabhalarini hamda jonajon ona yurtimiz - O'zbekistonimizdagi Garri Potterga tegishli yangiliklarni qamrab oladi. Siz bu yerda "Mini-wiki" dasturi orqali Garri Potter kitoblari, filmlari, qahramonlari va aktyorlari haqida ma'lumot olasiz.

Endi Asosiysi: Nega biz bu saytni yaratdik?

Men uzoq yillardan beri Garri Potter asarlariga qiziqardim,ularni qiziqib oqir edim, filmlarini tomosha qilib zavqlaner edim. Shu yo'sinda Garri Potter fanatiga ya'ni Pottermanga aylandim. Asosan rus tilida o'qib rus tilidagi saytlardan Potter haqida malumot olganim uchun ham O'zbekistonda nafaqat rus balkin o'zbek Pottermanlari kamn uchraydi degan hulosaga keluvdim.Lekin bir kuni axborot saytlaridan birida yangililar o'qib o'tirgan chog'imda kutilmaganda "Garri Potter va afsunlar toshi kitobi o'zbek tilida nashr qilindi" degan maqolaga ko'zim tushib shoshib qoldim. Shu zahotiyoq Ushbu asarni Termizlik yosh tarjimon Jo'raali Solijonov tarjima qilganini bilgan holda shu bolani biror bir elektron pochtasini qidira ketdim. Googledan qidira-qidira ularning orangeworld.webgarden.com saytiga duch kelib qoldim. So'ng sayt ichidan elektron pochta manzilini topib tezkor xabar yozdim. Bilasizmi, men, xattoki, javobni yaqin orada kelishini kumayotgandim. Jo'raali aka esa  5-6 daqiqa ichida savolimga javob yozdilar. Xatda kitob haqida ba'zi narsalar yozilgandi. Uch to'rt kun o'tib biz do'st bo'lib qoldik va men bu o'zbekcha kitob haqida barchasini bilib oldim....
Shu tariqa "O'zbek Pottermanlari kam" degan fikrim noto'g'ri ekanligini tushundim. Chunki Facebookdagi maxsus guruhda o'zbekistonlik Pottermanlar juda ko'p edi. Va men ko'p o'zbeklar chet el saytlaridagi yangiliklarini bila olmasliklari va ulardan bexabar qolishlarini bilardim. Shu asnoda Jo'raali Solijonov bilan maslahatlashib, O'zbekistonlik Garri Potter muhlislari uchun Garri Potterning ilk o'zbekcha sahiafasini ochish loyihasini ishlab chiqdim!

 
Mazkur veb-sahifaning rivoji uchun  qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz! Savol va takliflaringiz bo'lsa Biz bilan bog'lanish bo'limi orqali jo'natishingiz mumkin.
Toshkent-2015 © Designed by "Screen"
Barcha huquqlar himoyalangan
Name
Email
Comment
Or visit this link or this one