Abror Ahmedov - PotterUz.widezone.Net veb-sahifasi boshqaruvchisi

abror.ahmedov.2000@mail.ru

Yagona. Yuksak. Birinchi. Haqiqiy O'zbek Pottermanlari uchun

download.png
GARRI POTTER TURKUMIDAGI ROMANNING BEVOSITA TARJIMASI NASHRDAN CHIQA BOSHLADI
 
 
 
Kitoblar
 

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo’limi bosh rahbari Mengnor Allamurodov:

“Joan Keyt Rouling qalamiga mansub mazkur fantastik sarguzasht roman jahon bolalar adabiyoti gultojidir. Uning filmlari haqida barchamiz eshitgan bo’lsak-da, uning o’sib kelayotgan o’zbek farzandlari uchun mos keluvchi ona tilimizdagi bevosita tarjimasi yo’q’ligi ko’ngilni xira qilar edi. 2014-yilning dekabr oyida ushbu roman muallifiga uning tarjima qilinayotganligi haqida rasman xabar jo’natildi va adibaning e’tirozi yo’qligidan juda mamnun bo’ldik. Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Yosh tarjimon” maqomi berilgan Jo’raali Solijonovning shu kungacha bir necha hikoyalarni tarjima qilgan. Uning bu asarni ingliz tilidan o’zbek tiliga bevosita tarjimasi alohida e’tiborga molik, bu esa Surxondaryo viloyatida shu sohadagi rasman tan olingan ilk badiiy ish hisoblanadi, ya’ni viloyatimizda ingliz tilidan o’zbek tiliga bevosita tarjima jarayoni boshlandi. Bu barchamiz uchun bir yutuq deb bilaman. Tarjima asardagi so’zlarning sodda va bo’yoqdorlik xususiyatlaridan foydalanilgani, she’riy qismlarning qolipni saqlab qola olganligi har qanday o’zbek o’quvchisi uchun osongina tushunarli bo’la oladi.”

 
14.08.2015
Angor, Surxondaryo
 
Kitob haqida
 
“Chet tillarini o’rganishni yanada mukammallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qonun o’zining ilk mevasini bermoqda – butun dunyo tan olgan asar ona tilimizda so’zlaydi
 
Yurtimizda chet tillarini o’qitishni takomillashtirish islohotlarining ilk natijalari misolida o’zbek yoshlarining chet tillarini mukammal o’rgana olishlari va yurtboshimizning azaliy orzusi – “O’zbek farzandlarining ham chet tillarini mukammal o’rganib undan mamlakatimiz rivojida o’z hissalarini qo’shishlari va o’zlarining yetuk kadr bo’lib yetishishlari yo’lida erkin foydalana olishlari”ning amaldagi isbotida ko’rish mumkin. Bugungi kunda barcha ta’lim muassassalarida ushbu islohotlar yuqori saviyada amalga oshirib kelinmoqda. Termiz davlat universitetining filologiya fakulteti talabalariga berilayotgan imkoniyatlar, mukammallashtirilgan va yangi metoddagi darslar samarasi o’laroq Termiz davlat universitetining talabalaridan iborat “Yosh tarjimonlar to’garagi” tashkil etilgan. Endilikda ushbu to’garakning chet tillarini mukammal egallayotgan a’zolari, hamda bir qancha intiluvchan talabalari tomonidan ko’rsatilayotgan tashabbuslari bilan ingliz adibi Joan Rouling tomonidan yozilgan Garri Potter kitoblarining hozirgi o’zbek adabiy tiliga ingliz tildan bevosita tarjimasini o’qish imkoniyati paydo bo’ldi. Mazkur asarning birinchi kitobi – “Harry Potter and soccer’s stone” (Garri Potter va afsungarlar toshi”)ning o’zbek tilidagi sof tarjimasi bir vaqtning o’zida bir qancha gazetalarda, shuningdek, kitob holida ham tez kunda chop etila boshlashini mamnuniyat bilan xabar qildi.

Maqola OrangeWorld.Webgarden.Com saytidan olindi
Toshkent-2015 © Designed by "Screen"
Barcha huquqlar himoyalangan
Name
Email
Comment
Or visit this link or this one